AsosiyDunyo

​Samolyot bortida yo`lovchini chayon chaqib oldi

'​Samolyot bortida yo`lovchini chayon chaqib oldi'ning rasmi

Amerikaning Xyuston shahridan Kanadaning Kalgari shahri tomon parvoz etayotgan United Airlines aviakompaniyasining samolyoti bortidagi yo`lovchini chayon chaqib oldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Jabrlangan erkakning rafiqasi chayon yuqoridagi yuk qo`yiladigan tokchadan tushganligini ma`lum qildi:

“Turmush o`rtog`im sochining orasida nimadir g`imirlab yurganini sezdi va boshida yurgan chayonni tutib oldi. Chayonni ushlagan vaqtda u erimning qo`lini chaqib oldi”.

Styuardessa chayonni o`ldirishga muvaffaq bo`ldi. Shundan keyin tibbiyot xizmatiga qo`ng`iroq qilib,qanday qilib birinchi yordam ko`rsatish kerakligi haqida ma`lumot oldi. Hozirda erkakning ahvoli yaxshi.

Samolyot Xyustonga Kosta-Rikadan uchib kelgan edi, chayonning bortga qanday chiqib qolgani hozircha noma`lum.

Boshqa yangiliklar