AsosiySport

Osiyo Kubogi–2018 saralashi. O`zbekiston ayollar termasi Hindistonni 7:1 hisobida mag`lub etdi

'Osiyo Kubogi–2018 saralashi. O`zbekiston ayollar termasi Hindistonni 7:1 hisobida mag`lub etdi'ning rasmi

O`zbekiston ayollar terma jamoasi bugun, 7 aprel kuni Osiyo Kubogi–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 2-turida Hindiston termasiga qarshi bahs olib bordi.

KXDR poytaxti Pxenyan shahridagi Kim II Sung Stadium maydonida bo`lib o`tgan o`yinda Sherali Boboqulov shogirdlari 7:1 hisobida zafar quchdi.

O`zbekiston ayollar termasi safida Lyudmila Karachik va Mahliyo Sarikova dubl qayd etgan bo`lsa, Umida Zoirova, Lianna Norbekova va Feruza Turdiboeva bittadan golga mualliflik qildi. Raqiblardan Bala Devi bitta gol kiritdi.

Mazkur g`alabadan keyin O`zbekiston ayollar termasi bitta kam o`yin o`tkazgan holda 6 ochko bilan 2-o`rinda bormoqda. Uchta o`yin o`tkazgan KXDR ayollari 7 ochko bilan 1-pog`onada bormoqda.

Osiyo Kubogi–2018 saralashi
“B” guruhi, 2-tur
7 aprel, juma

O`zbekiston – Hindiston 7:1
Gollar: Karachik (3, 6), Sarikova (10, 44), Zoirova (19), Norbekova (63), Turdiboeva (90+1)

Boshqa yangiliklar