AsosiySalomatlik

​Xurrakdan xalos bo`lishning 9 chorasi...

'​Xurrakdan xalos bo`lishning 9 chorasi...'ning rasmi

Xurrak organizmda mavjud o`zgarishlardan darak bo`lishi mumkin. Biroq bu haqda xurrak otayotgan kishini ishontirishga urinmang. Chunki mavjud jarayon odamning o`ziga bilinmaydi.

Orom olayotganda yon tarafda uxlashga harakat qiling. Tekis holatda uxlaganda nafas olish maromi buziladi. Bu esa xurrak paydo bo`lishiga moyillik yaratadi.

Uxlashdan oldin 1 stakan yangi chiqarilgan karam sharbatiga 1 choy qoshiq asal aralashtirib, iching. Bu sabzavot sharbati og`iz bo`shlig`iga ijobiy ta`sir etib, so`lak ajralishini me`yorlashtiradi. Muolajani 10 kun davomida bajarish mumkin.

Imkon qadar bahavo xonada uxlang. Dim va havo namligi me`yorida bo`lmasa, nafas olish bilan bog`liq muammolar yuzaga keladi.

Yotoqxonani xona gullari bilan bezating. O`simliklar havoni tozalash xususiyatiga ega bo`lib, uyqu holatiga ham ijobiy ta`sir etadi.

2-3 tomchi zaytun yog`ini burunga tomizib uxlash ham xurrak otishning oldini oladi. Ayniqsa, burni bitib qoladiganlar uchun bu ayni muddao.

Kechqurun to`yib ovqatlanmang. Oshqozon to`lib tursa, diafragma qiyshayishi mumkin. Bu esa nafas olish me`yoriga ta`sir etadi.

Uyqu oldidan ko`p suyuqlik ichmang.

Birinchidan, ortiqcha suyuqlik behalovat qilsa, ikkinchidan, organizm uyqu holatiga moslasha olmaydi.

Ma`lumotlarga ko`ra, spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari ham xurrakni yuzaga keltirishi mumkin.

Boshqa yangiliklar