Ma`lumki, joriy yilning 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metropolitenida terakt sodir bo`ldi, va buning oqibatida 14 kishi qurbon bo`lib, o`nlab insonlar jablandi.
Bugun Toshkent shahar IIBB tomonidan o`tkazilgan matbuot brifingida Peterburgdagi teraktdan so`ng Toshkent metropolitenida xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilgani, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati shaxsan har bir metro bekatini ko`zdan kechirgani ma`lum qilindi.






