Tasmaniyada nemis ekstremali baland ikki qoyani birlashtirib turgan dordan o`tib, rekord o`rnatdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Rejissyor Simon Bishoff (Simon Bischoff) Instagram sahifasida nemis ekstremali Lukas Irmler (Lukas Irmler) ning Tasmaniya orolida ikki qoyani birlashtirib turgan dordan o`tishi aks etgan videoni joylashtirdi. Mazkur rolikka Mashable nashri e`tibor qaratdi.
2013 yilda Irmler Perudagi 5222 metr balandlikdagi qoya orasidagi 21 metr uzunlikdagi dordan o`tgan edi.






