Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkilotga a`zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi 586 ochko bilan 60-o`ringa ko`tarildi.
O`zbekiston Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo terma jamoalar orasida 6-o`rinda qoldi. Eron 820 ochko bilan Osiyo mintaqasini peshqadamlikni saqlab qolgan. Dunyo reytingida esa Karlush Keyrush jamoasi 5 pog`ona yuqoriladi.
Janubiy Koreya 691 ochko bilan qit`ada 2-pog`onani egallagab, jahon reytingida 3 o`rin yo`qotdi. Osiyoda kuchli uchlikdan Yaponiya (629 ochko) terma jamoasi joy oldi. Avstraliya (622 ochko) va Saudiya Arabistoni (610 ochko) mos ravishda 4–5 o`rinlarni band qildi.
1 (28). Eron – 820 ochko;
2 (43). Janubiy Koreya – 691 ochko;
3 (44). Yaponiya – 629 ochko;
4 (50). Avstraliya – 622 ochko;
5 (52). Saudiya Arabistoni – 610 ochko;
6 (60). O`zbekiston – 586 ochko;
7 (74). BAA– 453 ochko.
JCh–2018 turnirida uchinchi saralash bosqichida O`zbekiston bilan bir guruhdan o`rin olgan Suriya avvalgi o`rniga nisbatan 15 o`rin yuqorilab, 426 ochko bilan 80-pog`onani egalladi. Xitoy (425 ochko) bilan 81, Qatar 369 ochko bilan 89-o`rinlarni band qilib turibdi.
Suriya — 80-o`rin;
Xitoy — 81-o`rin;
Qatar — 89-o`rin.
FIFA reytingida Braziliya 1661 ochko bilan 7 yildan buyon birinchi marta etakchilikni qo`lga oldi. Ikkinchi o`rinni Argentina (1603 ochko) egallab turgan bo`lsa, uchinchi o`rindan Germaniya (1464 ochko) joy olgan.

Jadvalda 4–10-o`rinlarni tegishli ravishda Chili, Kolumbiya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Shveysariya va Ispaniya terma jamoalari egallagan. Rossiya terma jamoasi o`tgan oyga nisbatan bir pog`ona pastlab O`zbekistondan keyingi 61-o`ringa tushib qoldi.






