Pokistonning Sind viloyatidagi Karachi shahrida uy ustiga tog`dan ulkan tosh qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Tosh qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi, olti kishi yaralandi. Uy batamom vayron bo`ldi. Ayni paytda voqea joyida favqulodda xizmat xodimlari ish olib bormoqda. Vayronalar tagida yana odamlar bo`lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.






