AsosiyDunyo

​Riga merining jonli efirdagi muloqotini mushuk to`xtatib qo`ydi (Video)

'​Riga merining jonli efirdagi muloqotini mushuk to`xtatib qo`ydi (Video)'ning rasmi

Ofisda mushuklar xo`jayinlik qilgandan keyin hamma narsa bo`lishi mumkin, deb xabar beradi Tjournal.ru nashri.

Riga meri Nil Ushakov jonli efirda fuqarolarning savollariga javob berayotganda mushuk efirni to`xtatib qo`ydi. Siyosatchi mazkur videorolikni o`zining YouTube-kanaliga joylashtirdi.

Kadrda birdan paydo bo`lib qolgan mushuk Ushakovning hayratdan tili lol bo`lib qolganiga qaramay, xotirjamlik bilan uning krujkasidagi suvni ichdi. Shundan keyin siyosatchi mushukni haydab yuborib, gapirishda davom etdi.

2011 yilda o`tkazilgan Hayvonlarni himoya qilish kunida Nil Ushakov ikki nafar mushuk bolasini asrab olgan edi. Hozirda Kuzya va Muris nomli mashkur mushuklar Riganing ramzi hisoblanadi, chunki ular Ratushada, ya`ni siyosatchining qabulxonasida yashashadi.


Boshqa yangiliklar