“Barselona” jamoasi Ispaniya chempionati 30-turida o`z maydonida “Sevilya” bilan to`qnash keldi va 3:0 hisobida zafar quchdi.
Kataloniyaliklar o`z maydonida – “Kamp Nou” stadionidagi 800-g`alabani qo`lga kiritishdi. “Barselona” o`z stadionida 1957 yildan beri uy uchrashuvlarini o`tkazib keladi.
50 yil ichida “Barselona” o`z uyida 800 g`alaba, 164 durang va 93 marta mag`lubiyatga uchragan.






