AsosiySport

Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 termasi Toshkentda Eron yoshlariga qarshi ikkita nazorat o`yini o`tkazadi

'Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 termasi Toshkentda Eron yoshlariga qarshi ikkita nazorat o`yini o`tkazadi 'ning rasmi

Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasi shu yilning 29–30 aprel kunlari Toshkent shahrida Eron U-20 termasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvini o`tkazadi.

Mazkur bellashuvlar 2017 yilning 16–26 may kunlari Tailandda, tarixda ilk marotaba o`tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.

O`zbekiston termasidan tashqari futzal bo`yicha qit`a birinchiligida Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo 21 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.

30 mart kuni bo`lib o`tgan qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston U-20 termasi “S” guruhidan joy oldi va pley-off yo`llanmasi uchun Qatar, Livan, Myanma va Gonkong yoshlariga qarshi bahs olib boradi.

Ma`lumot uchun, futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasiga ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez bosh murabbiylik qilmoqda.

Boshqa yangiliklar