Isroilning yirik partiyalaridan biri bo`lgan “Avoda” partiyasi saylov amerikalik xonanda Britni Spirsning konserti bilan bir kunga to`g`ri kelgani uchun saylovni boshqa kunga qoldirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Saylovning 4 iyuldan 3 iyulga ko`chirilishiga tadbirda jamoat tartibini saqlash uchun juda ko`p sonli qo`riqchilar kerak bo`lishi sabab bo`ldi.
“Saylovning qoldirilishiga juda ko`p qo`riqchilar kerak bo`lgani sabab bo`ldi. Chunki saylovda ham, Britni Spirsning konsertida ham jamoat tartibini saqlash uchun juda ko`p qo`riqchi kerak bo`ladi. Bu esa tadbir o`tkazish jarayonini qiyinlashtiradi” deb ma`lumot berildi nashrga.
Mahalliy matbuotning yozishicha, “Avoda” saylov kuni yo`llardagi tirbandlikdan ham xavfsiramoqda. Tel-Avivning markaziy xiyobonlaridan biri “Xa-Yarkon”da o`tkazilishi rejalashtirilgan Britni Spirsning konsertini tomosha qilishga mamlakatning olis viloyatlaridan ham o`n minglab tomoshabinlar tashrif buyurishi kutilmoqda.






