AsosiySport

Italiya Kubogi. “Yuventus” ikkinchi final yo`llanmasini qo`lga kiritdi

'Italiya Kubogi. “Yuventus” ikkinchi final yo`llanmasini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Italiya Kubogi yarim final javob o`yinida “Yuventus” jamoasi safarda “Napoli” mehmoni bo`ldi. Murosasiz va gollarga boy kechgan o`yinda neapolliklar 3:2 hisobida zafar quchdi.

Dastlabki o`yinda turinliklar 3:1 hisobida g`alaba qozongani uchun aynan ular final yo`llanmasiga ega bo`lishdi. Finalda “Yuventus” jamoasi “Lasio”ga qarshi bahs olib boradi.

“Lasio” jamoasi hamshahari sanalgan “Roma” klubini ikki o`yin natijasiga ko`ra mag`lubiyatga uchratib, finalga chiqqandi.

Napoli – Yuventus – 3:2

Gollar: Gamshik 53, Mertens 61, Insie 67 — Iguain 32, Iguain 58

Napoli: Reyna, Xisay, Kirikesh, Kulibali, Gulam, Zelinski, Diavara, Gamshik (Pavoletti 75), Kalexon, Milik (Mertens 61), Insine.

Yuventus: Neto, Alves, Bonuchchi, Benatia, Sandro, Rinkon (Pyanich 70), Xedira, Kuadrado, Dibala (Barsali 76), Sturaro, Iguain.

Ogohlantirishlar: Rinko 25, Kulibali 28, Kalexon 30, Kuadrado 30, Diavara 65, Gulam 80

Dastlabki uchrashuv – 1:3


Boshqa yangiliklar