AsosiySport

Jizzaxning “G`allakor”klubi futbolchisi avtohalokatda halok bo`ldi

'Jizzaxning “G`allakor”klubi  futbolchisi avtohalokatda halok bo`ldi'ning rasmi

Jizzaxning “G`allakor” futbol klubi a`zosi Tehron Turdaliev “Istiqlol” jamoasiga qarshi (0:1) Birinchi liga 2-turidan keyin avtohalokatda vafot etdi.

Ma`lum bo`lishicha, mashina ichida 4 kishi bo`lgan. “G`allaorol” jamoasining yana bir a`zosi Nurbek Safarov og`ir ahvolda, koma holatida shifoxonada bo`lib turibdi. Qolgan ikki kishining taqdiri haqida ma`lumot hozircha yo`q.

“O`zbekiston Futbol Federasiyasi, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi “G`allakor” PFK a`zosi Tehron Turdalievning avtohalokat oqibatida hayotdan ko`z yumgani yuzasidan chuqur ta`ziya izhor etib, futbolchining yaqinlari hamda “G`allakor” PFKga hamdardlik bildiradi”, – deyiladi O`FF matbuot xizmati xabarida.

“Darakchi.uz” nashri ham futbolchining qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik izhor qiladi.

Boshqa yangiliklar