AsosiyDunyo

​“Evrovidenie” Kievdan Berlinga ko`chirilishi mumkin

'​“Evrovidenie” Kievdan Berlinga ko`chirilishi mumkin'ning rasmi

Rossiyalik mashhur prankerlar Aleksey Stolyarov (Leksus) va Vladimir Kuznesov (Vovan)lar bu safar Evropa uzatish ittifoqi bosh direktori Ingrid Deltenreni chuv tushirdi. Uning so`zlariga qaraganda, Evrovidenie Kievdan Berlinga ko`chiriladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Prankerlar Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman nomidan qo`ng`iroq qilib, ittifoqda rossiyalik xonanda Yuliya Samoylovaning mamlakat hududiga kirishi taqiqlangani uchun Ukrainani jazolash masalasi ko`rilayotgani rost yoki yolg`onligini bilish to`g`risida savol bilan murojaat qildi. Deltenre rossiyalik xonandaning tarafini oldi.

“Tanlov o`tkazilishi ko`zda tutilgan har bir mamlakat Evrovidenie qonun-qoidalariga rioya etishi lozim, yuqoridagi holatda qonun buzilmoqda. Birinchidan, Samoylova Qrimda bo`lganda, Evrovidenie vakili hisoblanmagan. Ikkinchidan, tanlovda ishtirok etib bo`lgandan keyin Ukraina hukumati unga nisbatan yana taqiqni qo`llashi mumkin”, dedi Deltenre.

U Kievning xalqaro tanlov o`tkazish huquqidan mahrum bo`lishi, tanlov Berlinga ko`chirilishi mumkinligini ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, 22 mart kuni Ukraina hukumati rossiyalik xonanda Yuliya Samoylovaning mamlakat hududiga kirishini taqiqlab, uni “qora ro`yxat”ga kiritgan edi. Bunga uning 2015 yilning yozida Qrimdagi konsertda ishtirok etgani sabab qilib ko`rsatilgan.

Boshqa yangiliklar