AsosiyDunyo

​Eronda 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi

'​Eronda 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

Eronning Xuroson-Rizavi provinsiyasida 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Fars xabar berdi.

Mashhad shahridan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan epimarkazda beshta qishloq joylashgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ofat joyida bir necha yuzlab insonlar bo`lishi mumkin.

Hodisa joyiga mutaxassislardan iborat uchta guruh yuborilgan. Barcha qutqaruv xizmatlari tayyorgarlik darajasiga etkazilgan. Yaradorlarni qabul qilishga mahalliy kasalxonalar tayyor. Hozircha jabrlangan va qurbonlar haqida ma`lumot kelib tushmadi.

Eron Milliy seysmologik xizmatida yaqin fursatlarda zilzila qaytalanish xavfi mavjudligini aytishmoqda.

Boshqa yangiliklar