Moskvada xavfsizlik bo`yicha o`tkazilishi rejalashtirilgan konferensiyada 78 davlat ishtirok etishga rozilik bildirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
26-27 aprel kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan konferensiyada terrorizmga qarshi kurashish masalasini keng miqyosda muhokama qilish ko`zda tutildi.
Rossiya federasiyasi mudofaa vazirining o`rinbosari general-leytenant Aleksandr Fominning ma`lumot berishicha, mazkur anjumanda 700 nafardan ortiq mehmon va 500 dan ortiq chet ellik vakillar ishtirok etadi.
Konferensiyada Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) hamda Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) rahbarlari, MDH davlatlarining ijrochi kotiblari, BMT bosh kotibi o`rinbosarlari, Arab davlatlari rahbarlari, Qizil Xoch xalqaro qo`mitasi vise-prezidentining so`zga chiqishi ko`zda tutildi.






