O`zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko OChL–2017 musobaqasi “G” guruhi 4-turidan o`rin olgan “Kavasaki Fronteyl”(Yaponiya) va “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) klublari o`rtasidagi o`yinni boshqarib boradi.
Valentin Kovalenkoga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Andrey Sapenko yordam beradi. Uchrashuv komissari etib hindistonlik Prins Rufus tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi – Azimi bin Abdulloh (Malayziya).
“Kavasaki Fronteyl” – “Guanchjou Evergrand” uchrashuvi 12 aprel kuni Yaponiyaning Kavasaki shahridgi Kawasaki Rodoroki Stadium maydonida bo`lib o`tadi.






