AsosiyDunyo

​Sankt-Peterburgdagi terakt haqidagi xabardan keyin xudkush-terrorchi Jalilovning oilasi g`oyib bo`ldi

'​Sankt-Peterburgdagi terakt haqidagi xabardan keyin xudkush-terrorchi Jalilovning oilasi g`oyib bo`ldi'ning rasmi

Sankt-Peterburg shahar metrosida sodir etilgan terakt haqida xabar tarqalgach, xudkush-terrorchi Akbarjon Jalilovning oilasi g`oyib bo`lgan, bu haqda Qirg`izistonning O`sh shahrida yashovchi Akbarjon Jalilovning qo`shnilari ma`lumot berdi, deb xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.

“Jalilovlar oilasi juda ham inoq, namunali oila edi. Sankt-Peterburg shahar metrosida terakt sodir etilgani haqida xabar tarqalgandan keyin ular, shu jumladan kichkina Abrorjon ham birdan g`oyib bo`ldi”, deb ma`lumot berdi ularning qo`shnisi.

Qo`shnilarning aytishicha Jalilovlarning oilasida Sankt-Peterburg shahrida yashovchi Akbarjondan tashqari, yana Abrorjon ismli o`g`il ham bo`lgan. Ularning yana bir qizi ham bor. Akbarjonning amakisi Imadjon Jalilovning ma`lumot berishicha, jiyani Akbarjon Jalilov dinga moyil bo`lmagan, shu bilan birga oilasi bilan deyarli muloqot qilmagan.

Shunga qaramay, tergov qo`mitasi Akbarjon Jalilovning ota-onasini qidirib topdi va ular jasadni tanish uchun Sankt-Peterburgga olib kelindi.

3 aprel kuni Sankt-Peterburg metropolitenida portlash yuz berdi. Teraktda 14 kishi halok bo`ldi, 50 nafardan ortiq odam yaralandi. Teraktni amalga oshirishda gumonlanayotgan terrorchining shaxsi aniqlandi. U 1995 yilda Qirg`izistonning O`sh shahrida tug`ilgan Akbarjon Jalilov bo`lib chiqdi. Ayni paytda mazkur jinoiy ish yuzasidan 40 dan ortiq odam so`roq qilindi.

Boshqa yangiliklar