AsosiyJamiyat

Toshkent-Dushanbe reysi yana amalga oshmadi

'Toshkent-Dushanbe reysi yana amalga oshmadi'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi parvozi 4 aprel kuniga rejalashtirilgan Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo`nalishi bo`yicha reysni bekor qildi.

Ma`lum bo`lishicha, reys yo`lovchilar soni kamligi sababli bekor qilingan.

Ikki mamlakat o`rtasidagi havo aloqalari 1992 yilda to`xtatilgan. 2016 yilning noyabr oyida Dushanbeda ikki mamlakat poytaxti o`rtasida 2017 yilning birinchi yarmida aviaaloqalarni tiklash borasida hujjatga imzo chekilgan edi.

Avvalroq 4 apreldan boshlab, Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo`nalishi bo`yicha reys haftaning seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.

Boshqa yangiliklar