Kecha Peterburg metrosida vagon portlashi oqibatida halok bo`lganlarning soni ortib bormoqda. Shaharda motam e`lon qilingan, mamlakat bo`ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Jabrlanganlarga zaruriy yordam ko`rsatilmoqda.
“Rostrud” va ijtimoiy sug`urtalash jamg`armasi halok bo`lganlarning oilasiga tovon puli to`lanishini ma`lum qilishda. Ularga 2 million rubldan to`lov amalga oshiriladi. Jabrlanganlarga ham kompensasiya to`lanishi ko`zda tutilgan. To`lov summasi ularga etgan zararga qarab belgilanadi, ular 2 million rublgacha etishi mumkin.
Peterburg metrosidagi portlashdan so`ng ikki yuz mingga yaqin kishi evakuasiya qilingan.
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga mingdan ortiq kishi va uch yuzga yaqin texnika jalb qilindi.






