AsosiyDunyo

​Sankt-Peterburg shahrida uch kunlik motam e`lon qilindi

'​Sankt-Peterburg shahrida uch kunlik motam e`lon qilindi'ning rasmi

Sankt-Peterburg metrosidagi portlash oqibatida jabrlanganlar va kasalxonaga yotqizilgan yaradorlar ro`yxati e`lon qilindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Jabrlanganlar soni 51 kishiga etdi. Bu haqda Rossiya FVV hududiy bosh boshqarmasi xabar berdi. Ilgari Milliy antiterrorchilik qo`mitasi 11 kishi halok bo`lgani, 45 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi. “Sankt-Peterburg sog`liqni saqlash qo`mitasi bergan ma`lumotga ko`ra, Sankt-Peterburg metrosidagi portlash oqibatida jabrlangan va shahar kasalxonasiga yotqizilgan yaradorlar ro`yxatini e`lon qilamiz. Mazkur ro`yxatning muddati 4 aprelgacha, ma`lumotlarga ko`ra u yangilanib boradi”, deyilgan xabarda. Boshqarma saytining ro`yxatida 51 kishining ism-familiyasi turibdi, ulardan 47 nafar jabrlanuvchining shaxsi aniqlangan. 4 nafar ayolning esa hozircha kimligi noma`lum. Rossiya FVVda ma`lumotlar olish, Sankt-Peterburg metrosida ro`y bergan favqulodda hodisa tufayli psixologik yordam ko`rsatish uchun telefonlar ishlab turibdi.

Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan portlashdan keyin shaharda uch kunlik motam e`lon qilindi. Bu haqda gubernatorning matbuot kotibi Andrey Kibitov o`zining Twitter sahifasida xabar qoldirdi.

“Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko ertadan boshlab, shaharda uch kunlik motam e`lon qildi”, — deb berdi Andrey Kibitov.

3 aprel kuni Moskva vaqti bilan 14.40 da Sankt-Peterburg shahar metrosidagi “Sennaya ploshad” va “Texnologicheskiy institut” metro bekatlari oralig`ida poezd vagoni ichida portlash yuz berdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, terakt oqibatida 11 kishi halok bo`ldi. Tergov qo`mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atdi.

Boshqa yangiliklar