Navoiy mikrotumanlaridan birida sinov tariqasida maishiy chiqindilarni yig`ish uchun er osti konteynerlari o`rnatildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Naveco nomini (“Navoiy” va “ekologik” so`zlaridan) olgan loyiha hususiy “Tejamkorlik” ishlab chiqarish korxonasi tashabbusi hisoblanadi.
Metall chiqindi baklari er ostida 2 metr chuqurlikda joylashgan. Ular yuqorisiga eshikcha va oziq-ovqat va qattiq maishiy chiqindilarni alohida tashlash ko`rsatilgan taxtachasi bo`lgan ikkita ustun o`rnatilgan. Chiqindi tashuvchi mashinaga ulanadigan ko`tarish mexanzmi 1,5 daqiqada konteynerni yuqoriga olib chiqib, yana qaytadan shaxtaga olib tushadi (barcha jarayonlar quyida berilgan suratlarda aks etgan).
Naveco loyihasini amalga oshirish uchun Navoiy hokimiyati 1 ta mahalla fuqarolar yig`ini joylashgan va 11 ming nafardan ziyod fuqaro istiqomat qiluvchi 9-mikrotuman hududidan joy ajratib berdi. Etti joyda ana shunday er osti konteynerlari o`rnatildi. Chiqindilarni tashish uchun kredit mablag`lari hisobidan maxsus mashina xarid qilindi. Mikrotuman aholisi uchun tunu kun murojaat va shikoyatlarni qabul qilib olishi mumkin bo`lgan aloqa raqamlari ishga tushirildi.













