AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo`ladi

'​Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2017 yilning 4-5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo`ladi, deya xabar beradi O`zA.

Rossiya rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralarda O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan keng ko`lamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilinadi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo`yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O`zbekiston – Rossiya munosabatlarini izchillik bilan rivojlantirish, o`zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar, tijorat shartnomalari va boshqa qator hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

Boshqa yangiliklar