O`zbekiston terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Janubiy Koreya terma jamoasi saralashning “B” guruhida ishtirok etayotgan Iroq futbolchilariga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi.
Mazkur uchrashuv 8 iyun kuni Dubay shahrida bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. O`rtoqlik o`yinidan 5 kun keyin, ya`ni, 13 iyun sanasida Janubiy Koreya terma jamoasi saralash bosqichi 8-turida safarda Qatar bilan to`qnash keladi. Iroq termasi o`sha kuni o`z maydonida Yaponiyani qabul qiladi.
Ma`lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Janubiy Koreya terma jamoasi 13 ochko to`plagan holda Erondan (17 ochko) keyin ikkinchi o`rinda bormoqda. O`zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi pog`onani band qilgan. “B” guruhidagi Iroq termasi 7 ta o`yinda 4 ochko jamg`arib, 5-pog`onani egallab turibdi.






