AsosiySport

Shvaynshtayger MLSdagi debyut o`yinida gol urishga muvaffaq bo`ldi (video)

'Shvaynshtayger MLSdagi debyut o`yinida gol urishga muvaffaq bo`ldi (video)'ning rasmi

“Manchester Yunayted” jamoasi sobiq yarim himoyachisi “Chikago Fayr” klubi a`zosi Bastian Shvaynshtayger “Monreal Impekt”ga qarshi (2:2) kechgan uchrashuvda gol urishga erishdi.

Germaniyalik futbolchi MLSdagi debyut o`yinida gol urdi. Bastian o`yinning 17-daqiqada boshi bilan zarba yo`llab, to`pni raqib darvozasiga kiritdi.

Shvaynshtayger 21 mart kuni “MYu”dan Amerika klubiga o`tgandi. U “Chikago” bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. Uning yillik maoshi esa 4,5 million dollarni tashkil qiladi.


Boshqa yangiliklar