Fransiya Liga Kubogi finalida “PSJ” jamoasi “Monako” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Lionda o`tkazilgan mazkur uchrashuvda parijliklar 4:1 hisobida zafar quchib, mavsumdagi ilk sovrinini qo`lga kiritishdi.
G`oliblar safida gollarga Yulian Draksler, Di Mariya va Edinson Kavani (2 ta) gol kiritdi.
Fransiya Liga Kubogi. Final
Monako – PSJ 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 4 Draksler, 1:1 – 27 Lemar, 1:2 – 44 Di Mariya, 1:3 – 54 Kavani, 1:4 – 90 Kavani.
Monako: Subashich, Glik, Mendi, Sidibe (Ture, 90), Jemerson, Bakayoko, Moutinyu, Lemar (Kardona, 77), Bernardu Silva, Mbappe, Jermen (Dirar, 62).
PSJ: Trapp, Tiago Silva, Kurzava, Ore, Kimpembe, Rabo, Motta (Lukas Moura, 87), Di Mariya, Verratti (Matyuidi, 81), Draksler (Pastore, 55), Kavani.
Ogohlantirishlar: Kurzava (56), Mendi (62), Trapp (66).






