AQShda savdo markazi yonidagi avtoturargohdan topilgan alligatorni qisqa yo`l orqali yaqin oradagi suv havzasiga olib borish uchun polisiyachilar mebel do`konidan olib o`tishga majbur bo`lishdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Ko`p sonli guvohlar suratga olgan mazkur voqea 29 mart kuni Florida shtatining Xolidey viloyatida videoga olindi. American Freight Furniture mebel do`koni xodimlari avtoturargohda alligator turgani haqida polisiyaga xabar berdi. Polisiyachilar alligatorni yaqin yo`l orqali suv havzasiga qo`yib yuborish uchun mebel do`koni orqali olib o`tishga majbur bo`ldi. Alligator suv havzasiga qo`yib yuborildi.






