Etim qolgan jiyanlarini asrab olgan chuvashiyalik ayol uch nafar bolani sochidan sudrab, kaltaklaganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
1999 va 2004 yilda tug`ilgan qizlar va 2005 yilda tug`ilgan bolalar ota-onasidan ayrilgandan keyin 2012 yilda xolasining qaramog`iga o`tkazilgan. Ayol 4 yil mobaynida jiyanlarini ayovsiz kaltaklab, ularni turli qiynoqlarga solib kelgan. Bolalarni kaltaklashiga arzimagan narsalar — kiyimini kir qilish, maktabda yomon baho olish, o`rdakchalarning o`lib qolishi kabi voqealar sabab bo`lgan. Bolalarning ikki nafari uydan qochib ketgan, ammo polisiyachilar ularni tutib kelgan.
Ayni paytda 42 yoshli ayolga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilib, qonuniy chora ko`rish uchun sudga yuborilgan.






