AsosiyJamiyat

​YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat o`z missiyasini yakunlamoqda

'​YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat o`z missiyasini yakunlamoqda'ning rasmi

31 mart, juma kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizdagi missiyasini yakunlayotgan BMTning ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (YuNESKO) vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O`zbekiston va YuNESKO o`rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

YuNESKO vakolatxonasi rahbariga samarali faoliyati hamda O`zbekiston va YuNESKO o`rtasidagi hamkorlikning yanada rivojlanishiga qo`shgan salmoqli hissasi, ta`lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi o`zaro hamkorlikni mustahkamlashga oid amaliy masalalar echimiga qaratilgan qo`shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik izhor etildi.

K.Pikkat O`zbekistondagi YuNESKO vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati davomida ko`rsatilgan har tomonlama ko`mak uchun tashakkur bildirdi.

Boshqa yangiliklar