30 mart kuni Bryusseldagi Turkiya elchixonasi yonida janjal ko`tarildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Tartibsizlik oqibatida kurd millatiga mansub uch kishi jabrlandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on tarafdorlari va unga qarshi bo`lganlar orasidagi o`zaro kelishmovchilik, katta janjalga aylandi. Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizildi.






