AsosiyJamiyat

Transport kasb-hunar kolleji o`quvchisi odam o`ldirishga suiqasd qilgani uchun qo`lga olindi

'Transport kasb-hunar kolleji o`quvchisi odam o`ldirishga suiqasd qilgani uchun qo`lga olindi'ning rasmi

30 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo`lib o`tgan brifingda Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolarni xavfsizligini ta`minlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish hamda jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish va profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Tadbirda o`tgan hafta davomida o`ta og`ir jinoyatlar sodir etish holatlari bo`lgani haqida ma`lumot berildi.

Xususan, 2017 yilning 26 mart kuni 1998 yilda tug`ilgan Toshkent transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich talabasi mast holatda tanishi bilan janjallashib qolib yonida bo`lgan pichog`i bilan uning ko`krak qafasi va tanasining boshqa qismlariga urib tan jarohati etkazgan.

Holat yuzasidan Sergeli tuman Prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi odam o`ldirishga suiqasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq mastlik oqibatida ona o`g`lini o`ldirib qo`ygani haqida xabar bergandik.

Boshqa yangiliklar