Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasining “A” guruhi 4-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” (Toshkent) – “Istiqlol” (Tehron) uchrashuviga rasmiylar tayinlandi.
Uchrashuv bosh hakami etib iordaniyalik Adham Muhammad Tumah tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ahmad Moannas va Issa Mahmud yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasi ham iordaniyalik Muhammad Hasan Mahmudga yuklatildi.
Uchrashuv komissari vazifasii Guam mamlakati vakili Bordalo Maykl Jon bajaradi. Hakamlar nazoratchisi bo`lib BAAlik Salim Said bin Hazim al-Suvaydiy ishlaydi.
“Lokomotiv” va “Istiqlol” o`rtasidagi uchrashuv 11 aprel kuni TTZ mavzesidagi “Lokomotiv” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.






