Yapon parhezshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu dietada qisqa vaqt ichida vazn yo`qotasiz va bu natija 2-3 yilgacha o`zgarmaydi.
Yaponcha parhez to`liq 13 kun davom etadi. Kunlik rasionda uglevodlarni cheklab, foydali mahsulotlardan iste`mol qilinadi. Bunday parhez bilan ochlikni his qilmay ozasiz va moddalar almashinuvi ham yaxshilanadi.
1-kun
Nonushta: qahva.
Tushlik: 2 dona qaynatilgan tuxum, o`simlik moyi qo`shilgan karamdan karamli salat, bir stakan pomidor sharbati yoki 1 dona pomidor.
Kechki ovqat: qovurilgan yoki dimlangan baliq, o`simlik moyi qo`shilgan karamli salat.
2-kun
Nonushta: qahva va qotgan non.
Tushlik: qovurilgan yoki dimlangan baliq, o`simlik moyi qo`shib tayyorlangan karamli salat.
Kechki ovqat: 200 gr. dimlangan mol go`shti va 1 stakan kefir.
3-kun
Nonushta: qahva.
Tushlik: bitta qaynatilgan tuxum va 3 ta qaynatilgan sabzidan o`simlik moyi solinib tayyorlangan salat.
Kechki ovqat: olma.
4-kun
Nonushta: qahva.
Tushlik: ko`katlarga o`simlik moyi qo`shib tayyorlangan salat va olma.
Kechki ovqat: 2 ta qaynatilgan tuxum, 200 gramm qaynatilgan mol go`shti va o`simlik yog`i qo`shilgan karamli salat.
5-kun
Nonushta: qirg`ichdan chiqarilgan, limon sharbati qo`shilgan xom sabzi.
Tushlik: 500 gramm qovurilgan yoki dimlangan baliq va 1 stakan pomidor sharbati.
Kechki ovqat: 200 gramm qovurilgan yoki dimlangan baliq va o`simlik yoqi qo`shilgan karamli salat.
6-kun
Nonushta: qahva.
Tushlik: 500 gramm dimlangan tovuq, xom sabzi va o`simlik yog`i solingan karamli salat.
Kechki ovqat: 2 dona qaynatilgan tuxum va xom sabziga o`simlik yog`i solib tayyorlangan salat.
7-kun
Nonushta: choy.
Tushlik: 200 gramm dimlangan mol go`shti va mevalar.
Kechki ovqat: oldingi kunlardan istalgan taom, faqatgina uchinchi kundan tashqari. Sakkinzinchi kundan boshlab esa yuqoridagi ketma-ketlikda parhezni 13 kungacha davom ettiring.
Yodda tuting: parhez vaqtida tuz, shakar va spirtli ichimliklar qabul qilmang. Bir kunda 1,5-2 litr suv, choy, va shakarsiz qahva iching. Parhezda asosan qahva qabul qilish kerakligi sababli bu usul yuragida muammosi bor insonlarga qat`iyan man etiladi.
Natija: 7-8 kilogrammdan xalos bo`lasiz.





