Markaziy Kolumbiyaning Meta departamentidagi Vilyavisensio shahridagi osma ko`prik ag`darilishi oqibatida 11 kishi halok bo`ldi, 13 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Qurbon bo`lganlar orasida bolalar, shu jumladan bir yarim yoshli bola ham bor. Fojia yuz bergan vaqtda ko`prik ustida 30 kishi bo`lgan. OAVlarning xabar berishicha, osma ko`prik odamlarning ko`pligidan og`irlikni ko`tarolmay, o`z o`qi atrofida aylanib, ag`darilgan. Uning balandligi 10-15 metrni tashkil qilgan.
Voqea joyida qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari ish olib bormoqda.





