Bugun, 9 yanvar kuni “Bayram” guruhi yakkaxonlaridan biri vafot etdi.
Afsonaviy “Bayram” guruhi yakkaxonlaridan biri Ravshan Hojiakbarov 44 yoshda vafot etdi. Bu haqda guruhning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qilindi.
“Darakchi.uz” jamoasi nomidan marhumning oila a`zolariga chuqur ta`ziya izhor etamiz.
"Bayram" guruhiga 1994 yilda asos solingan. Boris Davlatov, Shuhrat Zokirov, Akmal Mamedov, Doniyor Mamedov va Ravshan Hojiakbarovlar guruh asoschilari hisoblanadi.
Izoh: Suratda Ravshan Hojiakbarov chapdan ikkinchi.





