Zarur masalliqlar: 90 gr. qora shokolad, 35 gr. sariyog`, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq shakar, 1 osh qoshiq un.
Tayyorlanishi: 1. Qora shokolad va sariyog`ni suv bug`ida eriting.
2. Tuxumni shakar bilan ko`pirtiring.
3. Eritilgan shokoladli aralashma sovugach, tuxum qo`shing.
4. Unni ham qo`shib, yaxshilab aralashtirgach, sariyog` bilan yog`langan keks qolipchalariga soling. Shirinlik 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqada pishadi. Shokoladli fondanlarni ustiga kakao, qand upasi sepib, desert sifatida tortiq qilishingiz mumkin.
45 daqiqa
2 kishilik





