Agar sizning asalga allergiyangiz bo`lmasa, albatta, tavsiya qilayotgan niqoblarimizdan foydalanib ko`ring. Ular sizga xotirjamlik bag`ishlaydi. Va albatta, yuz teringizga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Niqoblarni pardozdan tozalangan yuz terisiga surtish lozim. 15 daqiqadan so`ng iliq suvda yuvish kerak.
Sutli
1 yarim osh qoshiq qaynoq suvga 1 choy qoshidan quruq sut va asalni qo`shing. Yaxshilab aralashtiring, shunda biroz soviydi. Iliqroq holida yuz terisiga surting.
Tvorogli
1 osh qoshiq yog`li tvorogga 1 osh qoshiq asal va 5 tomchi o`simlik yog`i qo`shib, niqob tayyorlashingiz mumkin.
Efir yog`ili
Istalgan efir yog`idan 5 tomchi olib, 1 choy qoshiq asal bilan aralashtirib, foydalaning.
Aloe bargli
1 choy qoshiq aloe bargi sharbatiga 1 choy qoshiq asal va yarimta tuxum sarig`ini qo`shib, yuzlaringizga bemalol surtishingiz mumkin.
Suli yormali
2 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq suli yormasi aralashmasi ham kutilgan natijani beradi.





