AsosiySUG'DIYONA

«Rafaello» salati - baliq go`shtidan romantik egulik!

Zarur masalliqlar: 200 gr. baliq go`shti, 100 gr. pishloq, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq mayonez, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, bodom mag`zi, salat bargi, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini tuzli suvga solib, to pishguncha qaynating. Sovigach, maydalab to`g`rang.

2. Qaynatilgan tuxum va pishloqni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazing.

3. Baliq go`shti, tuxum va pishloqni aralashtiring-da, mayonez, ezilgan sarimsoqpiyoz, tuz va murch qo`shing.

4. Bodom mag`zini qaynatilgan suvga solib, ustidagi yupqa po`stidan ajrating. Mag`zini yaxshilab ezing.

5. Baliq go`shtli aralashmadan «sharcha»lar yasang-da, bodom tolqoniga belab oling. Salat bargini likopchaga solib, ustiga «sharcha»larni qo`ying.

2 kishilik

1 soat

Boshqa yangiliklar