AsosiyJamiyat

Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelgan murojaatlarning 7 mingdan ziyodi tibbiyot sohasiga tegishli

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 yanvar kuni sog`liqni saqlash sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashuvida aytib o`tdi.

Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelgan murojaatlarning 7 mingdan ziyodi aynan tibbiyot sohasiga tegishli ekani ham mazkur sohada muayyan muammolar yig`ilib qolganligini ko`rsatmoqda. Aholining murojaatlari, fikr-mulohazalari va takliflari sog`liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko`tarishni taqozo etmoqda, deya qayd etadi davlatimiz rahbari.

Eslatib o`tamiz, videokonferensiya shaklida o`tgan uchrashuvda hukumat a`zolari, senatorlar, viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tibbiyot oliy ta`lim muassasalari rektorlari, sog`liqni saqlash tizimi mas`ul xodimlari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar