Zarur masalliqlar: 3 stakan un, 1 stakan suv, yarim stakan o`simlik yog`i, 3 osh qoshiq shakar, 1 osh qoshiq xamirturush, 1 choy qoshiq tuz; ichiga solishga: 500 gr. olma murabbosi.
Tayyorlanishi: 1. Elakdan o`tkazilgan unga shakar, tuz va xamirturushni qo`shing.
2. So`ngra issiq suv va o`simlik yog`ini solasiz-da, xamir qorasiz. Xamirdan zuvala yasab, ustini dasturxon bilan yoping-da, issiq joyga 1,5-2 soatga qo`ying.
3. Oshirilgan xamirdan kichik zuvalalar yasab o`rtacha qalinlikda yoying va o`rtasiga olma murabbosidan solib, tuging.
4. Tugilgan pishiriqlarning yuqori tomonini pastga qaratib, pishiriq qog`ozi solingan patnisga tering va 15 daqiqa ustini yopib tindiring.
5. Endi pishiriqlar ustiga o`simlik yog`idan surtib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga qo`ying.
3 soat
6 kishilik





