AsosiyJamiyat

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining virtual qabulxonasi ochildi

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining virtual qabulxonasi ochildi.

Virtual qabulxona qo`mitaning www.uzbektourism.uz rasmiy veb-saytida ochildi.

Yurtdoshlarimiz www.uzbektourism.uz manziliga kirib, maxsus shaklni to`ldirish orqali O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisiga o`zlarini qiziqtirgan savollar, ariza va shikoyatlar, turizm sohasini yanada rivojlantirishga doir takliflar bilan to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilmoqda. Onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. 

Saytda murojaat natijasini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish imkoni mavjud. Qo`mitaning (+998 71) 233-90-28 raqamli “ishonch telefoni” hamda elektron pochta manziliga ham murojaat qilish mumkin.

Ayni vaqtda qo`mitada murojaatlar bilan ishlash bo`yicha ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Yurtdoshlarimiz tomonidan ko`tarilayotgan har bir masala qo`mita majlislarida muntazam muhokama qilinmoqda va hal etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar