Toshkent shahrining Sergeli tumanida metropolitenning “Olmazor" bekatidan Sputnik mavzesigacha bo`lgan er usti metrosini qurish ishlari davom etmoqda. Bu haqda “Uz24” xabar bermoqda.
Uzunligi 8 kilometrdan ortiq masofani tashkil etuvchi inshoot shahrimizning "Choshtepa" mahallasi oralig`idan o`tadi. "Sergeli" yo`nalishi metroning "Olmazor"bekatidan ulanadi va yana 6 ta bekat qurilishi rejalashtirilgan.

Yangi yo`lning so`nggi bekati Sputnik mavzesidagi Marg`ib ko`chasi bo`ladi. Qurilish jarayonida uzunligi 26 metrni tashkil etuvchi ko`plab balkalar o`rnatiladi. Loyiha qiymati 170,1 mln dollarga teng, u 4 yilga mo`ljallangan. Bekatlarda eskalatorlar, kutish maydonchasi o`rnatiladi, amaliyotga so`nggi rusumdagi texnologiyalar joriy etiladi.

Ayni vaqtda qurilish ishlari Sergeli-5 maszesining Mirzo Tursunzoda ko`chasida olib borilmoqda.















