AsosiyDunyo

Terakt sodir bo`lganda birinchi yordam ko`rsatish bo`yicha mobil ilova yaratildi

Britaniyalik dasturchilar harbiylar va fuqarolik shifokorlar ko`magida CitizenAid ilovasini yaratishdi. Ilova terakt va shunga o`xshash hodisalar sodir bo`lganda birinchi yordam ko`rsatish bo`yicha maslahatlarni o`z iichga oladi. 

Ekspertlar eng oddiy harakatlar ham ba`zida inson hayotini saqlab qolishi mumkinligini aytishmoqda, deya xabar beradi Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi.

CitizenAid mobil ilovasi tezkor xizmatlar kelguniga qadar yordam ko`rsatish imkonini beradi. Shuningdek unda terakt guvohi bo`lganda nima qilish kerakligi haqida ham ko`rsatmalar mavjud.

Dastur yaratuvchilaridan biri, Birmingem universiteti klinik travmatologiya professori Kit Porterning so`zlariga ko`ra, uning o`zi shaxsan yaraga jgut bog`lab yuzlab insonlarning hayotini saqlab qolgan.

“Jgut juda oddiy, ammo muhim narsa. Jgut o`q eganda hamda portlash jarohatlarida juda muhim ahamiyatga ega”, — deydi Porter.

Ilovadan tashqari Britaniya hukumati undagi ma`lumotlarni broshyura sifatida tarqatishni ham rejalashtirmoqda.

Ayni damda Britaniyada terroristik xavf “jiddiy” deb baholanmoqda (undan yuqorisi “keskin”).

Boshqa yangiliklar