AsosiySUG'DIYONA

«Atlantika» - sudak balig`i go`shtidan!

Zarur masalliqlar: 500 gr. sudak balig`i, 150 ml. sut, 3 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, ko`katlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Sudak balig`ini bo`laklarga bo`ling-da, tuz, murch sepib, 10 daqiqa qoldiring.

2. Baliq go`shti bo`laklariga un sepib, qizdirilgan o`simlik yog`iga soling.

3. Piyozni maydalab to`g`rang. Qovurilayotgan baliq go`shtiga qo`shib, 2-3 daqiqa qovuring.

4. Sut, tuxumni aralashtirib, tuz seping va maydalangan ko`katlarni qo`shing. Aralashmani baliq go`shti ustidan quying. Olovni pastlab, qozon qopqog`ini yoping-da, 7-8 daqiqaga qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa

4 kishilik

Boshqa yangiliklar