AQShning Arizona shtatida Soyer va Everett ismli egizaklar tug`ilishi g`aroyib tarzda ro`y berdi.
Egizaklar bir necha daqiqa farq bilan turli yillarda dunyoga keldi.
Yangi yil kechasida Xolli Sheyning to`lg`og`i boshlandi.
Soyer 2016 yil 31 dekabrda soat 23:51da, uning ukasi Everett 2017 yilning 1 yanvarida soat 00:01 da dunyoga keldi.
“Biz teoriyalarga ko`ra shunday bo`lishini taxmin qilgan edik va bu hodisa real hayotda sodir bo`ldi”,—deydi egizaklarning otasi Brendon Shey.
OAV ma`lumotlariga ko`ra, AQShda 31 dekabr kuni shunga o`xshash hodisa yana ikki marotaba: Jorjiya shtati Atlanta shahri va Kaliforniya shtati San-Diego shahrida kuzatilgan.





