AsosiySiyosat

Qirg‘iz milliy markazi rahbari faxriy unvon bilan taqdirlanadi

Prezident Rahmatulla Jabborovni “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirladi.

'Qirg‘iz milliy markazi rahbari faxriy unvon bilan taqdirlanadi'ning rasmi

Bu haqda 10 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonda ma'lum qilindi.

Farmonga ko'ra, ushbu yuksak mukofot unga davlat organlari va jamoat tashkilotlarida ko'p yillik samarali faoliyati, mamlakatda millatlararo do'stlik va totuvlikni mustahkamlash, turli millat va elat vakillari o'rtasida o'zaro hurmat, bag'rikenglik va hamjihatlik g'oyalarini targ'ib etishdagi hissasi uchun berilgan.

Shuningdek, u milliy madaniyatlar, urf-odat va an'analarni rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va sadoqat ruhida tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni oshirish borasidagi faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun munosib deb topilgan.

 Mukofot, shu bilan birga, uning 75 yoshlik tavallud sanasi munosabati bilan ham berilgan.

Hozirda Rahmatulla Jabborov O'zbekiston qirg'iz milliy madaniy markazi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev va Putin Moskvada uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 09.05.2026 03:12

    Mirziyoyev va Putin Moskvada uchrashdi

    Moskvaдagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin uchrashuv o‘tkazdi.

    'Mirziyoyev JSTga a'zo bo'lish jarayonini jadallashtirishni topshirdi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2026 13:49

    Mirziyoyev JSTga a'zo bo'lish jarayonini jadallashtirishni topshirdi

    Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    'Prezident tadbirkorlar uchun peshlavha tartiblarini yengillashtirishni taklif qildi'ning rasmi

    Siyosat 05.05.2026 17:18

    Prezident tadbirkorlar uchun peshlavha tartiblarini yengillashtirishni taklif qildi

    Unga ko‘ra, binolarda joylashtirilgan korxona nomi va faoliyat turi haqidagi ma’lumotlarni reklama sifatida baholamaslik, shu orqali ular uchun alohida pasport rasmiylashtirish amaliyotini bekor qilish taklif etildi.

    'O‘zbekiston Jazoirda ilk elchisini tayinladi'ning rasmi

    Siyosat 05.05.2026 16:52

    O‘zbekiston Jazoirda ilk elchisini tayinladi

    Ushbu lavozimga O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev tayinlandi.

    'Sog'liqni saqlash vazirligi rahbariyati yangilandi'ning rasmi

    Siyosat 05.05.2026 16:18

    Sog'liqni saqlash vazirligi rahbariyati yangilandi

    Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlarining barchasi yangilandi hamda bir qator amaldorlar lavozimidan ozod etildi.

    'Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston investitsiya, texnologiya va yashil energiya markaziga aylanmoqda'ning rasmi

    Siyosat 04.05.2026 07:40

    Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston investitsiya, texnologiya va yashil energiya markaziga aylanmoqda

    Prezident kambag‘allik 35 foizdan 5,8 foizga tushirilganini, 2030 yilgacha iqtisodiyotni 240 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilinganini ma’lum qildi.