Kerak bo`ladi: rangsiz, moviy va oq rang tirnoq bo`yog`i, maxsus tirnoqlar uchun ingichka mo`yqalam.
1. Tirnoqlarni tekislab, rangsiz bo`yoqdan surting. Bu usul manikyur uzoq saqlanishiga zamin yaratadi.
2. Tirnoqlarga ikki qavat qilib moviy rang lakdan surting.
3. Ingichka mo`yqalam yordamida tirnoqlar ustiga «x» ko`rinishida chiziq chizing.
4. Endi esa rasmga qarab, tirnoqlarga qor parchalarini chizing.
5. Parchalar orasini esa doirachalar bilan birlashtiring.
6. Ilk chizilgan chiziqlar uchini ikkiga bo`lamiz.
7. Endi esa suratdagi kabi bezak naqshlarini chizib oling.
8. Naqshlar markazidan qor parchalari tomon nuqtachalar qo`yib chiqing.
9. Qor parchasi markaziga yaltiroq tillarang tirnoq bo`yog`ida katta nuqta qo`ying.
10. Tirnoqdagi bo`yoqlar butunlay qurigandan so`ng yana bir bor ustidan rangsiz tirnoq bo`yog`idan surtib yuboring. Bunday manikyur yangi yil o`tguncha, aslo o`chmaydi ko`zingizni quvnatib turaveradi.





