Rossiyada ihcham va kamxarj avtomobillar rusumi – huddi shunday mashinalarning o`zi singari juda kam.
“Avtostat Info” nashri tomonidan tayyorlangan statistikaga ko`ra, noyabrda eng mashhur kamxarj avtomobillar ro`yxatiga yangi o`zbek Ravon R2 modeli sifatida ishlab chiqarilayotgan Chevrolet Spark avtomobili etakchilik qildi. O`tgan oyda Rossiya bozorida 190 ta ushbu rusumdagi avtomobil sotilgan.
Ikkinch pog`onadan 91 nusxada sotilgan Kia Picanto joy oldi. Etakchi uchlikni yana bir Ravon brendi ostida ishlab chiqariladigan yana bir mashhur kamxarj avtomobil Matiz yopib berdi.
Top-5dan shuningdek ikkita model Smart - ForTwo (61 dona) hamda ForFour (57 dona) o`rin olgan.





