AsosiyDunyo

Shri-Lankada dunyodagi eng ulkan sun`iy archa o`rnatildi

Shri-Lankaning poytaxti bo`lgan Kolombo shahrida dunyodagi eng katta, bo`yi 73 metr bo`lgan sun`iy archa o`rnatildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Archaning novdalari po`latdan va simdan yasalgan bo`lib, uning g`uddalari chizilgan va bayram chiroqlari bilan bezatilgan. Mazkur archani yaratgan mualliflar unda mujassam bo`lgan ramzlarda uch din vakillarining bir-birini tushunishi, qo`llab-quvvatlashi aks ettirilganligini ma`lum qildi.

Bundan tashqari, ular archani Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritish maqsadida rasmiy ariza bilan murojaat qilgan. So`nggi rekord 2015 yil Xitoyda o`rnatilgan bo`lib, xitoyliklar yaratgan archaning balandligi 53 metr bo`lgan.

Shri-Lanka — Janubiy Osiyoda joylashgan bo`lib, uning aholisi uch — ya`ni budda, induizm va islom dinlariga e`tiqod qiladi.

Boshqa yangiliklar