AsosiyJamiyat

Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Fuqarolarni turfirma orqali Umra ziyoratiga yuborishni va'da qilib, pul olmoqchi bo'lgan.

'Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida fuqarolarni firibgarlik yo‘li bilan Umra safariga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 11 fevral kuni o‘tkazilgan tadbir davomida 1965 yilda tug‘ilgan, “Qoratepa” mahallasida yashovchi shaxs turfirma orqali arizachining 4 nafar yaqinini 4100 AQSH dollari evaziga Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan. U kelishilgan puldan 500 dollarini olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar